Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
#Deputat_faoliyati

🔰Tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan 27-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan jismoniy tarbiya va sport sharoitlari, xususan, sport zalining umumiy holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning saqlanish va foydalanish darajasi o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida sport zalining sanitariya-gigiyena holati, yoritilishi, shamollatish tizimi, pol qoplamasi, devor va shiftlarining holati, shuningdek, o‘quvchilar mashg‘ulot olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Sport zalida mavjud bo‘lgan futbol, voleybol, basketbol hamda boshqa sport turlari uchun mo‘ljallangan sport anjomlari va jihozlarning mavjudligi, texnik holati va ulardan foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

🔰Shuningdek, sport anjomlarining o‘quvchilar yoshiga mosligi, xavfsizlik talablariga javob berishi, ularning belgilangan tartibda saqlanishi va mashg‘ulotlar jarayonida samarali foydalanilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 4