Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Navro‘z” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH QACHON RAD ETILGAN HISOBLANADI?
янв.21
DEPUTAT QACHON CHAQIRIB OLINGAN HISOBLANADI?
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
PASTDARG‘OMNING 100 YILLIK YUBILEYI SHARAFIGA YANGI KITOB NASHR ETILADI

📖 PASTDARG‘OMNING 100 YILLIK YUBILEYI SHARAFIGA YANGI KITOB NASHR ETILADI
🇺🇿 Pastdarg‘om tumani tashkil etilganining qutlug‘ 100 yillik yubileyi munosabati bilan tuman tarixi, uning bosib o‘tgan mashaqqatli va shonli yo‘li, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda hudud rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi yangi kitob loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🏛 Tuman hokimligida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari, xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari, Nuroniylar jamg‘armasi vakillari, faol nuroniylar, tarixni yaxshi biladigan ziyolilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
📚 Tadbir davomida bo‘lajak nashrning mazmun-mohiyati, tarixiy ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi, tuman taraqqiyotining muhim bosqichlarini yoritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💬 Nuroniylar, ziyolilar va mutaxassislar tomonidan kitob mazmunini boyitish, tarixiy voqealar hamda fidoyi insonlar faoliyatini kengroq yoritish yuzasidan qimmatli taklif va mulohazalar bildirildi.
🔹 Mazkur kitob loyihasi Pastdarg‘omning boy tarixini kelajak avlodga yetkazish;
🔹 hudud taraqqiyotiga hissa qo‘shgan insonlar xotirasini abadiylashtirish;
🔹 yosh avlodda Vatanga, ona yurtga va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌱 Pastdarg‘omning 100 yillik tarixi — avlodlardan avlodlarga o‘tadigan bebaho ma’naviy merosdir.

Slide 1 of 5