Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida

🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Hazorman” mahallasida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 14.09.2016 yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, qiziqish va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.
🔺Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz va kasb-hunarga ehtiyoji bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularni doimiy yoki mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
🔺O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlashda mavjud muammolar, ularni hal etish imkoniyatlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
👉Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 9