Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
#munosabat

🔰#munosabat

⚡️Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash – ustuvor vazifa

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishgani aholining farovonligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
⚡️Taqdimotda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar xarajatlarini yengillashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ayrim hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yorni oshirish hamda ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish takliflari ilgari surildi.
⚡️Deputat sifatida men uchun bu tashabbuslarning eng muhim jihati — ijtimoiy yordamning manzilliligi va har bir ehtiyojmand oilaga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashdir. Ayniqsa, mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish muhim.
⚡️Kuz-qish mavsumini aholining, xususan, ehtiyojmand oilalarning munosib va barqaror sharoitda o‘tkazishini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratining ham muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Jamshid Xudoyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt