Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — MUHIM YO‘NALISH
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🗣️Suhbat davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, huquqbuzarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, hududda profilaktik ishlarni kuchaytirish, aholi, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

👩🏻‍🏫Deputat I. Ashrapova huquqbuzarliklarning oldini olishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish muhimligini ta’kidladi.

📌 Huquqiy asos:

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son. Mazkur Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 3