Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
INTIZOM VA DAVOMAT — E’TIBORDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. tomonidan Yunusobod tumani 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning davomatini ta’minlash va intizom holati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

📌Maktablarda ertalabki saflanish hamda “Tig‘iz davomat” tadbirlari kuzatilib, o‘quvchilarning darslarga o‘z vaqtida kelishi, mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etishi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 48-moddasi — “Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari”. Mazkur moddaga ko‘ra, ta’lim oluvchilar mashg‘ulotlarga qatnashishi hamda ta’lim tashkilotining ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya etishi belgilangan.

✅Deputatlik nazorati davomida ta’lim muassasalarida intizomni mustahkamlash, davomatni yaxshilash va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi mas’uliyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2