Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Mo‘minov, Kengash
huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi
doirasida Qorashox mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining aholi
bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni
daromadli mehnatga jalb etish borasidagi faoliyati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida hokim yordamchisi ko‘magida imtiyozli kredit asosida
issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorning xonadoniga borilib,
amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xonadon sharoitida daromadli
mehnat yo‘lga qo‘yilgani hamda tadbirkorlik orqali qo‘shimcha daromad manbai
yaratilgani qayd etildi.
 

O‘rganish yakunida mahallada bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash,
aholiga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy ko‘makni kuchaytirish,
shuningdek, imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan
tegishli tavsiyalar berildi.
 

Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi
hamda ijrosi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 1