Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj.Shaxmayev, Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov Adliya bo‘limida faoliyat yuritayotgan “Madad” huquqiy maslahat markazi faoliyati bilan tanishdilar.
🤝 Tashrif davomida markazning fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi faoliyati muhokama qilindi.
📌 Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli huquqiy ko‘mak ko‘rsatish — doimiy e’tiborda.