Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida mahalla raisi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Abdurahmon Jomiy mahallasida mahalla raisi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Abdurahmon Jomiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida yoshlar bandligi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Abdurahmon Jomiy mahallasida ijtimoiy xizmatlar tashkil etilishi deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati Manguzar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Qo‘qon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi

Nuroniylarning boy hayotiy tajribasi va qimmatli pand-nasihatlari yoshlarning shijoati bilan uyg‘unlashganda, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy kuch yuzaga keladi. Ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda keksa avlod vakillarining o‘rni beqiyos. Qo‘qon shahridagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari M.Axmedova tashabbusi bilan amalga oshirilib, unga “Buvijonlar maktabi” a’zolari va S.Abdullayeva, A.Valiyev, faxriy ustoz Yu.Ismoilov, faol nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirok etilishi taminlandi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mehnat faxriylari va nuroniylar yoshlar bilan o‘zlarining hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari va hayot saboqlari haqida suhbatlashdilar.

O‘quvchilar ham uchrashuvda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan nuroniylar va faxriy ustozlarga savollar yo‘lladilar. Berilgan savollarga hayotiy tajriba va ibratli misollar asosida javoblar olindi.

Mazkur uchrashuv turli avlod vakillari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni hayotiy tajribaga ega insonlar bilan muloqotga jalb etish hamda ularda kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat va ezgu qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4