Oqoltinda ham AKMlar faoliyati yuzasidan ma’lumotlar to’plandi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Aysuluv O’ljayeva rahbarligidagi ishchi guruh tumandagi AKM faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishdi.
Jumladan kutubxona kitobxonlari soni, kitob fondi, elektron kitoblar bazasi, AKMning umumiy ahvoli hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKM xodimlari takliflari o’rganildi.