Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 19-“Tutzor” saylov okrugidan saylangan deputat Babayev Esanbay Omonmuratovich tomonidan Toshkent mahalla fuqarolar yig‘ini binosida MFY yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mahalla hududidagi 8 ta ko‘chalarning ichki yo‘llari joriy ta’mirlanishi, dastur asosida mahallada joylashgan zovurning tozalanish ishlarini birgalikda nazoratga olishga, kelgusida aniqlanadigan muammolar yechimi bo‘yicha hamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.