📌Bugun “Adolat” SDP Yashnobod tuman kengashi raisi, xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuhra Ibragimovna 244-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
❗️Tadbirda so‘zga chiqqan Z.I. Ubaydullayeva o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularga ezgu tilaklar bildirdi.
✅Shuningdek, yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
🎓 Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan yutuqlar, muvaffaqiyat va yangi marralar tilab qolindi.