Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati E.Karimov “Shifokor” mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga mavjud imtiyoz va imkoniyatlar, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni boshlash va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, oilalarning daromadini oshirish, ularni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.