35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish reja ijrosi: maktab rekonstruksiyasi deputatlar nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallabay ish tizimi nazoratda
янв.21
"Abdurahmon Jomiy" mahallasidagi ijobiy o‘zgarishlar KQ-35-sonli qaror doirasida o‘rganildi!
янв.21
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati nazoratda
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #yoshlar_maslahat_guruhi Yoshlar murojaatlari e’tiborda
янв.21
“Shifokor” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
"Shifokor" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallabay ish tizimi nazoratda

Termiz shahrida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish va aholi muammolarini joyida hal etish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T.Berdiyev okrugiga qarashli “Pattakesar” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar tashrif davomida Mahalla raisi, Yoshlar yetakchisi hamda Ijtimoiy xodim bilan uchrashib, ularning bugungi kundagi faoliyatlari va amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan atroflicha suhbat olib bordilar.

Mazkur nazorat-tahlil mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida mahallaning eng muhim uchta bo‘g‘ini faoliyati quyidagi yo‘nalishlar kesimida ko‘rib chiqildi:
📁 1. Mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati:
"Mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan "xonadonbay" ishlash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.
🧑‍🎓 2. Yoshlar yetakchisi faoliyati (O‘RQ-406 doirasida):
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mahalladagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mazmunli tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.
👵♿️ 3. Ijtimoiy xodim faoliyati (O‘RQ-415 doirasida):
O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida, yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi baholandi.
💬 D.Normuradova: "Mahalla mas’ullarining birlashib ishlashi — har bir xonadonga tinchlik va farovonlik olib kiradi!"
"Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimiga berilayotgan yuksak e'tibor va imkoniyatlar har bir fuqaromiz hayotida namoyon bo'lishi shart. Mahalla raisi, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim bir yoqadan bosh chiqarib ishlasa, mahallada ne-ne muammolar o'z yechimini topadi. Biz deputatlar ushbu xodimlarning faoliyatini qo'llab-quvvatlash bilan birga, qonun ijrosini qat'iy nazorat qilamiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi.
📈 O‘rganishlar yakunida "Pattakesar" mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda aniqlangan uslubiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Slide 1 of 2