35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Kattabog‘" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
янв.21
Kattabog‘ mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji — aholi farovonligi omili!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #fuqarolar_qabuli "Namuna" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Namuna" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#media_reja_ijrosi #deputat_faoliyati 🗣Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
янв.21
Haftalik ish reja ijrosi: maktab rekonstruksiyasi deputatlar nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallabay ish tizimi nazoratda
янв.21
"Abdurahmon Jomiy" mahallasidagi ijobiy o‘zgarishlar KQ-35-sonli qaror doirasida o‘rganildi!
янв.21
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati hamda "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va Hokim yordamchilarining hisobdorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" MFYda bo‘lib, Hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-sonli Qonuni hamda Hokim yordamchilarining 14 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha vazifalari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida xonadonbay o‘rganishlar natijalari, aholi bandligini ta’minlash, imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilliligi, mikroloyihalarni ishga tushirish hamda kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida to‘plangan materiallar va xulosalar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 1