35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish reja ijrosi: maktab rekonstruksiyasi deputatlar nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallabay ish tizimi nazoratda
янв.21
"Abdurahmon Jomiy" mahallasidagi ijobiy o‘zgarishlar KQ-35-sonli qaror doirasida o‘rganildi!
янв.21
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati nazoratda
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #yoshlar_maslahat_guruhi Yoshlar murojaatlari e’tiborda
янв.21
“Shifokor” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
"Shifokor" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Shirin shahar suv ta’minoti bo‘limida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-71-son Farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi.

Suv ta’minoti tizimida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatlarni ochiq va shaffof ko‘rsatish hamda inson omilini kamaytirish maqsadida xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) faoliyati, xizmat tekshiruvlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida joriy yilning o‘tgan davrida suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilmagani ma’lum qilindi.

Kelgusida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, shaffoflikni yanada kuchaytirish va profilaktik ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1