#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "25 -Qo'rg'on" okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.
📁 Uchtepa tumanidagi Xuroson mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylarda aholiga xizmat ko‘rsatayotgan liftlarning texnik va foydalanish holati o‘rganligi, o‘rganish natijasida 4-“A” ko‘p qavatli uyning 3 ta kirish yo‘lagida hamda 66-sonli ko‘p qavatli uyning 2 ta kirish yo‘lagida foydalanilayotgan liftlarning ma’nan eskirgani va ularni zamonaviy, xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi liftlarga almashtirish zarurati mavjudligi qayd etilgan.
📈 Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 430-son qarori bilan tasdiqlangan “Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament” talablari asosida ko‘rib chiqilganligini inobatga olib, yuqoridagi masala yuzasidan so'ralmoqda:
✍️ Xuroson mahallasidagi 4-“A” ko‘p qavatli uyning 3 ta kirish yo‘lagidagi hamda 66-sonli ko‘p qavatli uyning 2 ta kirish yo‘lagidagi liftlarni zamonaviy va xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi liftlarga almashtirish masalasini ko‘rib chiqish;
✍️ mazkur liftlarni yangilash bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirishning aniq muddatlarini belgilash;
liftlarni almashtirish ishlarini 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan tegishli tuman dasturiga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqish;
✍️ ushbu masala yuzasidan ko‘rilgan choralar, belgilangan muddatlar va mas’ul tashkilotlar to‘g‘risida yozma ravishda axborot taqdim etishi so'ralmoqda.
🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.