35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
SUV TA’MINOTI OG‘IR HUDUDLARDA AHOLI TOMORQALARI VA YER MAYDONLARIGA SUV CHIQARISH ISHLARI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida “Eskishahar” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi tahlil qilindi
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna tomonidan Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

💬 Deputat so‘rovida Taxiatosh tumani “Jayxun” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Namuna va Ustozlar ko‘chalariga tungi yoritqich chiroqlari va tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv yetkazib berish ishlariga zarurat tug‘ilayoiganligini hamda ushbu masala bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish
berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

✅ Deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Slide 1 of 2