35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi tahlil qilindi
янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarni 20 avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev tomonidan Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat, suv xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, yer munosabatlari hamda hayvonot va o‘simlik dunyosi sohalariga oid qator qonunlar biriktirilgan:
янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nurli kelajak mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Alisher Navoiy” mahallasida imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 17-21-avgust kunlari (haftalik) ish rejasi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 17-21-avgust kunlari (haftalik) ish rejasi

Maqsad: Deputatlik nazorati, doimiy komissiyalar faoliyati hamda Kengash kotibiyati tomonidan hududlarda qonunlar ijrosi, davlat dasturlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan tizimli o‘rganishlarni tashkil etish.

📆 17-avgust Dushanba - (Deputatlik nazorati)

Deputatlarning ko‘chama-ko‘cha yurish jurnali yuritilishi va fotofaktlar bilan rasmiylashtirilishini nazorat qilish.
Hududlarda o‘rganiladigan masalalar
Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi.
Aholi bandligi masalalari.
Hokim yordamchilari faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish ishlari.
Hududdagi investitsiya loyihalari holati.
Mas’ullar: Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (B.Baxovadinov, Sh.Eshov) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.


📆 18-avgust Seshanba - (Ijtimoiy soha)

Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati.
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi.
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlanishi.
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi.
Mas’ullar: Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (B.Baxovadinov, Sh.Eshov) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

📆 19-avgust Chorshanba - (Infratuzilma va kommunal xizmatlar)

Issiq va sovuq suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va isitish tizimlari.
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylar pod’yezdlari, yerto‘lalari va hududlar tozaligi.
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish.
Parklar, xiyobonlar va bog‘lar holati.
Liftlarning texnik holati.
Mas’ullar: Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (B.Baxovadinov, Sh.Sidikova) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

📆 20-avgust Payshanba - (Transport va hududlarni obodonlashtirish)

Mahalla ichki yo‘llari, ko‘chalarni yoritish.
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Jamoat transportining muntazam harakatlanishi.
Avtobus bekatlari va chipta xarid qilish qulayligi.
Bozorlarda asosiy iste’mol mahsulotlari narx-navosi va mahsulotlar yetarliligi.
Mahalla ichki yo‘llari, ko‘chalarni yoritish.
Mas’ullar: Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (B.Baxovadinov, Sh.Sidikova) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

📆 21-avgust Juma - (Ta’lim, sport va madaniyat)

Mahallalardagi sport maydonchalari va sport inshootlari.
Maktab, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda sport jihozlari.
Madaniyat markazlari, kutubxonalar va muzeylar faoliyati.
Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati.
Hududdagi jinoyatchilik holati, ayniqsa "qizil" va "sariq" hududlarda profilaktika ishlari.
Mas’ullar: Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (B.Baxovadinov, Sh.Sidikova) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

Eslatma: Mazkur ish rejasiga shahar hayotidagi dolzarb masalalardan kelib chiqib, Kengash raisi  tomonidan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!