35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Kokildorota” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan mahalla raisi bilan suhbat olib bordilar.

Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari asosida mahalla boshqaruvini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

Suhbat davomida:

• “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi;
• aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolarni xonadonbay o‘rganish;
• mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash va hal etish;
• mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati;
• aholi bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunida mahalla raisiga PF–116-sonli Farmonda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, aholi bilan ishlashda ochiqlik va manzillilikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.