⏺Kengash faoliyatida tizimlilik, ijro intizomi hamda sessiyalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish — xalq vakillarining ish samaradorligini oshirishning bosh omilidir.
💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejasi ijrosi yuzasidan bugun Kengash raisi, deputat D.Normuradova raisligida Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
💬Yig‘ilishda dastlab shahar Kengashi deputatlarining o‘tgan hafta mobaynida amalga oshirgan ishlari atroflicha tahlil qilindi:
🟢Okruglardagi o‘rganishlar: Senatning KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahallalarda o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari va ularning natijalari;
🟢Murojaatlar va deputatlik so‘rovlari: Saylovchilar bilan o‘tkazilgan qabullar hamda mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijro holati;
🟢“Mahalla yettiligi” faoliyati: "24 ta tavsiya" doirasida mahallalarda amalga oshirilgan amaliy ishlar.
⏺Yig‘ilishning ikkinchi qismida joriy hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
💬Kun tartibidagi muhim masala — shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Kengash kotibiyati va doimiy komissiyalarga aniq vazifalar topshirildi. Sessiya muhokamasiga olib chiqiladigan qaror loyihalarini puxta ishlab chiqish hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.