Ko‘p qavatli uylarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda Yangi davr mahallasi raisi L.Tursunova tomonidan Terakzor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning ta’mirlanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, ularning sifati va belgilangan ishlarning ijrosi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.