35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Sessiya oldi o‘rganish: ko‘p qavatli uylar holati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Suv ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur sessiya oldi o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan Go‘zalkent MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, qurilish qismlari, fasad holati, obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi hamda ushbu uylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish va aholi bilan muloqot jarayonida quyidagi muammolar aniqlandi:
🔹 Ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, ayrim uylarning fasad qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani aholi tomonidan bildirildi.
🔹 Ayrim uylarning yerto‘lalari yopiq va qulflanganligi sababli to‘liq o‘rganish imkoniyati bo‘lmadi. Aholi ma’lumotiga ko‘ra, yerto‘lalarda jiddiy muammo mavjud emas, suv quvurlari va kanalizatsiya tizimi ishchi holatda ekanligi qayd etildi.
🔹 Ochiq holdagi ayrim yerto‘lalarda esa tozalik talablariga rioya qilinmagani, chiqindilar tashlangani, qarovsiz holatga kelgani, ayrim joylarda esa suv quvurlaridan sizib chiqish holatlari kuzatildi.
🔹 Shuningdek, hududda ayrim fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga emas, tartibsiz ravishda tashlab ketish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilib, masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3