35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minotini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalarning tumanda ijro etilishi holati yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan Chandirobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida hududdan o‘tuvchi zovurlarning holati, sug‘orish tizimining samaradorligi hamda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlanishicha, mazkur zovur orqali 50–60 ta xonadonning tomorqa yer maydonlari sug‘oriladi. Biroq zovurlarning ayrim qismlarida tozalash va qazish ishlarini amalga oshirish zarurati mavjudligi sababli suv o‘tish imkoniyatlarini yaxshilash talab etilmoqda.
Mazkur masala yuzasidan zovurlarni tozalash va qazish ishlarini amalga oshirish, aholi tomorqalarini suv bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.

Slide 1 of 2