35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan Buyuk Turon MFY hududida joylashgan 124-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, obodonlashtirish ishlari olib borilgan sinfxonalarning holati ko‘zdan kechirildi. Maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim jarayoni, mavjud muammolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish jarayonida maktabdagi asosiy muammolardan biri sifatida 2023-yilda yangi maktab binosiga o‘rnatilgan quyosh panellarining hozirga qadar elektr tarmog‘iga ulanmagani va foydalanishga topshirilmagani aniqlandi.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish, quyosh panellaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 5