35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#haftalik_ish_reja #KQ_35 #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Temiryo‘lchi” mahallasida obodlik va mehr-saxovat oyligi: deputat nazorati va amaliy ishlar
янв.21
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlashda parlamentning ishtirok etishi, senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlarining nazorat faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati Malakali pedagoglarni ta’lim sifati past maktablarga jalb etish — ta’lim sifatini oshirishning muhim omili
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi joylarda o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Termiz shahriga yangi olib kelingan jamoat avtobus transporti tizimi o'rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #murojaat_daftari #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
To‘lovlar va to‘lov tizimlari – zamonaviy iqtisodiyotning muhim poydevori

To‘lovlar va to‘lov tizimlari – zamonaviy iqtisodiyotning muhim poydevori

O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 19-sentabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2019-yil 11-oktabrda Senat tomonidan ma’qullangan. Mazkur Qonun mamlakatimizda to‘lov xizmatlari, elektron to‘lov vositalari va to‘lov tizimlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadlari:

🔹 to‘lov tizimlarining barqaror, uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash;
🔹 naqd pulsiz hisob-kitoblarni keng rivojlantirish;
🔹 elektron to‘lov xizmatlaridan foydalanish uchun qulay huquqiy muhit yaratish;
🔹 to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🔹 zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash.

Bugungi kunda ushbu Qonun bank kartalari, mobil ilovalar, elektron hamyonlar va boshqa raqamli to‘lov vositalaridan xavfsiz hamda ishonchli foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. To‘lov madaniyatini yuksaltirish va qonunchilik talablariga rioya etish har bir fuqaroning moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi