Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yashil tabiat va ekologik nazorat: Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi faoliyati qonun doirasida tahlil qilindi!
янв.21
Xalq tashabbusi — deputat nazoratida: 24-maktabda "Tashabbusli budjet" orqali xarid qilingan jihozlar shaffofligi o‘rganildi!
янв.21
Tibbiyotda raqamlashtirish: Termizda poliklinikalarga zamonaviy AKT uskunalari topshirildi!
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik va deputat nazorati: "Alpomish" mahallasida xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlar faoliyati qonun doirasida tahlil qilindi!
янв.21
Qonun ustuvorligi amalda: "Majnuntol" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati qonunchilik mezonlari asosida tahlil qilindi!
янв.21
Mahalla boshqaruvi va deputat mas’uliyati nazoratda: "Majnuntol" mahallasida o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Termiz shahrida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori 🗣Doimiy komissiyalar faoliyati
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #KengashQarori (https://telegram.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) Doimiy komissiyalar faoliyati
Tibbiyotda raqamlashtirish: Termizda poliklinikalarga zamonaviy AKT uskunalari topshirildi!

Bugun Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Mustafakulovlar shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, tibbiyot xodimlari ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuv doirasida, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-28-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha "Tashabbusli budjet" loyihasida g‘olib bo‘lgan ID-053471819009 va ID-053471835009 raqamli loyihalar asosida shahar oilaviy poliklinikalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida jami 1 milliard 634 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ushbu mablag‘lar evaziga xarid qilingan 100 ta zamonaviy monoblok kompyuter, 70 ta yuqori tezlikda ishlovchi termoprinter hamda bir qator so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnologik jihozlar shahar poliklinikalari va tibbiyot muassasalariga topshirildi.

Ushbu zamonaviy texnologiyalarning tibbiyot muassasalariga joriy etilishi poliklinikalardagi navbatlarni keskin kamaytirishga, "Elektron poliklinika" va "Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish" tizimini to‘liq va muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishga, shifokorlar va bemorlar o‘rtasidagi muloqot vaqtini teglash hamda xizmat ko‘rsatish tezligini 2-3 barobarga oshirishga xizmat qiladi.

"Tashabbusli budjet loyihalari — xalqimizning o‘zi istagan va eng zarur deb bilgan muammolariga yechim topishining amaliy namunasidir. Bugun topshirilayotgan 1,6 milliard so‘mlik ushbu zamonaviy uskunalar Termiz shahri aholisining salomatligini saqlashda, shifokorlarimizning og‘irini yengil qilishda eng muhim vosita bo‘ladi. Har bir muassasada bu jihozlardan unumli foydalanish va aholiga munosib xizmat ko‘rsatish qat'iy nazoratimizda bo‘ladi," — deya ta'kidladi mas’ullar.

Slide 1 of 3