Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tibbiyotda raqamlashtirish: Termizda poliklinikalarga zamonaviy AKT uskunalari topshirildi!
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik va deputat nazorati: "Alpomish" mahallasida xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlar faoliyati qonun doirasida tahlil qilindi!
янв.21
Qonun ustuvorligi amalda: "Majnuntol" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati qonunchilik mezonlari asosida tahlil qilindi!
янв.21
Mahalla boshqaruvi va deputat mas’uliyati nazoratda: "Majnuntol" mahallasida o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Termiz shahrida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori 🗣Doimiy komissiyalar faoliyati
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #KengashQarori (https://telegram.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) Doimiy komissiyalar faoliyati
янв.21
Jamoat salomatligi va qonun ijrosi deputat nazoratida: Termiz shahar Tibbiyot birlashmasi faoliyati tahlil qilindi!
янв.21
Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Farxod" mahallasidagi Baxriston ko‘chasida yo‘l cho‘kishi va simyog‘ochlar muammolari deputatlik nazoratiga olindi!
Xalq deputatlari Farg'ona shahar Kengashi deputati Sh.Karayevaning axboroti haqida

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Karayevaning saylovchilar oldidagi axboroti

🏛 Bugun deputat Sh.Karayeva 1-A.Qodiriy saylov okrugiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, saylovchilar oldida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
✅Ushbu jarayonda Kengash kotibiyati mudiri Sh.Kamalov, kotibiyat bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov, O‘zXDP shahar Kengashi raisi A.Umarov, ijro hokimiyati vakili F.Mamajonov hamda shahardagi kommunal soha vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda deputatning hisobot davridagi faoliyati tahlil qilindi.

✅O‘tgan davr mobaynida Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalarida deputat ishtirokida jami 32 marta mansabdor shaxslarning hisobot va axborotlari eshitildi. Xususan, quyidagi idora rahbarlarining hisobotlari tinglandi:
Shahar hokimi – 2 ta, Hokim o‘rinbosarlari – 14 ta, Ichki ishlar organlari – 2 ta, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi – 6 ta, Soliq inspeksiyasi – 1 ta, Sog‘liqni saqlash tizimi – 2 ta, Yoshlar ishlari agentligi – 2 ta.
Shahar prokuraturasi – 2 ta va Adliya bo‘limi – 1 ta axborotlari tinglandi.

✅ Hisobot davrida Kengash tomonidan shahar miqyosida ijro etilishi majburiy bo‘lgan 2 ta normativ-huquqiy qaror qabul qilindi:
1-sonli qaror: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
2-sonli qaror: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
✅Saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar va deputatlik nazorati Deputat tomonidan aholi farovonligini oshirish va hududdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:
Mas’ullarning faoliyati yuzasidan axborotlarni eshitish: “Bobur” va “Lolazor” mahallalarida mahalla raislarining ishlari bo‘yicha 6 marta, hokim yordamchilarining faoliyati bo‘yicha 4 marta, ijtimoiy xodimlarning faoliyati bo‘yicha 4 marta, xotin-qizlar faolining ishlari bo‘yicha 3 marta hamda yoshlar yetakchilarining faoliyati bo‘yicha 4 marta hisobotlari eshitildi.
Deputatlik so‘rovlari natijalari: Mutasaddi tashkilotlarga jami 8 ta deputatlik so‘rovi yuborildi:
Yo‘llarni ta’mirlash: A.Qodiriy ko‘chasi 64 va 72-uylar orasidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash to'g'risida.
Kuz-qish mavsumi: ko‘p qavatli uylarning issiqlik tizimini markazlashgan tarmoqqa ulash ishlari amakga oshirish belgilandi.
Sanitariya holati: Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha hududga mas’ul bo‘lgan sanitariya-servis tashkiloti rahbari bilan suhbat o‘tkazildi va chiqindilar qat’iy belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bolalar maydonchalari: Mahallalarda bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, “Bobur” mahallasida 1 ta hamda “Lolazor” mahallasida 2 ta yangi bolalar maydonchasini qurish va mavjudlarini ta’mirlash takliflari kiritildi va rejalashtirildi.
✅ Aholi murojaatlari bilan ishlash
O‘tgan chorak davomida deputat nomiga fuqarolardan jami 9 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar bilan ishlash doirasida “Bobur” mahallasi, A.Qodiriy ko‘chasi, 30-uy, 38-xonadonda  hamda shu ko‘chadagi 30-uy, 34-xonadonlarni ta’mirlash bo‘yicha qilgan murojaatlari ijobiy hal etilib, ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
✅Elektron platformalar orqali muloqot
Deputat Sh.Karayeva o‘z so‘zi yakunida kundalik hayotdagi tig‘iz ish tartibi tufayli saylovchilar va deputatlar bevosita uchrasha olmaydigan holatlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhimligini ta’kidladi. Bugungi kunda internet tarmog‘idagi “E-Kengash” maxsus sayti orqali o‘z deputatining qabuliga elektron tarzda yozilish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yo‘llash imkoniyati mavjudligi eslatib o‘tdi. Ushbu tizim fuqarolar va xalq vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada tezkor hamda shaffof qilishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 8