Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati G.Abramatova shahardagi “Jayhun” mahallasida bo‘ldilar.
⏺ Mas’ullar tashrif davomida mahalla faollari hamda "mahalla yettiligi" vakillari bilan bugungi kundagi faoliyat samaradorligi yuzasidan yaqindan va samimiy suhbat olib bordilar.
💬 Mazkur tizimli muloqot va o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.
💬 Suhbat davomida quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
🟢Aholi bilan ishlash tizimi: Mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularni qiynayotgan kundalik muammolarni joyida hal etish sifati;
🟢Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish: Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati;
🟢Hamkorlikni mustahkamlash: Deputat va mahalla faollari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish hamda dolzarb muammolar bo‘yicha deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
💬Uchrashuv yakunida "Jayhun" mahallasi xodimlarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan tizimli ishlash hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.