Xususan, “Olmazor tumani tajribasi” asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasini tasdiqlash va hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga biriktirish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tanlov va musobaqalar g‘oliblarini rag‘batlantirish masalalari yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.
Muhokamalar davomida loyihalarning amaliy natijadorligi, ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va samaradorligi, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Deputatlar tomonidan bildirilayotgan takliflar asosida qaror loyihalarini yanada takomillashtirish va ularning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.