O‘rganish jarayonida “Xorazm suv ta’minoti” MCHJ Bog‘ot tuman bo‘limiga qarashli To‘pchi suv taqsimlash inshooti faoliyati ko‘zdan kechirildi.
📋 Jumladan:
🚰 mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash holati;
💧 suvni taqsimlash va yetkazib berish jarayonlari;
🏗️ inshootning texnik holati va mavjud imkoniyatlari;
📌 ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.
🤝 O‘rganish davomida soha mutaxassislari bilan muloqot qilinib, aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
✅ Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish doimiy e’tibordagi masalalardan biridir.
📌Qonun ijrosi deputat nazoratida