Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar, sport, madaniyat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga keng jalb etish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarning amaliy samaradorligi, mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasida qizg‘in munozaralar davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larining manzilli va maqsadli yo‘naltirilishi, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda mablag‘lardan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi davom etmoqda Sessiya ishida dastlabki masalalardan biri sifatida shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Odil Jumayevning hisobot eshitilmoqda.
#tavsiyalar_asosida #aholi_bandligi
#tavsiyalar_asosida
#aholi_bandligi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati O. Jo‘rayeva tomonidan saylov okrugidagi ishsiz fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishsiz fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

Deputat tomonidan aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4