Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar, sport, madaniyat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga keng jalb etish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarning amaliy samaradorligi, mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasida qizg‘in munozaralar davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larining manzilli va maqsadli yo‘naltirilishi, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda mablag‘lardan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida “Ijtimoiy reyestr”ning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand oilalarga xonadonda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Sessiyaga tayyorgarlik

Sessiyaga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda o‘rganib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Amanov, ekspert va yoshlar guruhi a'zolari sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki tartibda ko‘rib chiqdilar.
Ko‘rib chiqish jarayonida kun tartibidagi masalalarning dolzarbligi, qonunchilikka muvofiqligi va hududdagi muammolarni hal etishdagi ahamiyati tahlil qilindi.
Shuningdek, saylov okruglarida deputatlar tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha nazorat tahlil tadbirlari o’tkazish, taklif va tashabbuslarning aholi manfaatlariga xizmat qilishi hamda ularning ijro samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ishlar sessiyani samarali tashkil etish, muhim masalalarni asosli muhokamaga kiritish va hudud rivojiga xizmat qilishga qaratilgan.

Slide 1 of 3