Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Migratsiyadan qaytganlar va bandlik nazoratda: "Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
YOSHLAR SIYOSATI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA: “SHODLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Qonunni bilish – huquq va manfaatlarni himoya qilishning muhim omili
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati — nazoratda: Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kattabog‘" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdurahmon Jomiy" mahallasida ehtiyojmand oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya va inklyuziv yondashuv – deputatlik nazoratida
янв.21
Yoshlar siyosati ijrosi – deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik nazorati va tahlil: "Guliston" mahallasidagi ishlar va deputat faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” amalda: Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazidagi loyihalar ijrosi deputatlik nazoratida
Fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan bank xodimlari bilan hamkorlikda tumanning “Besh-tut” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun moliyaviy ko‘mak olish, ipoteka va iste’mol kreditlari, bank xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, bandlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat va bank mutaxassislari har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, amaldagi qonunchilik hamda bank xizmatlari tartiblari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdilar. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2