Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Sulton Saodat” qabristoni atrofini o‘rash ishlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Tarixiy meros muhofazasi: "Qirqqiz" maqbarasini obodonlashtirish loyihasi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: "Do‘stlik" mahallasidagi faoliyat "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida o‘rganildi
янв.21
Mahallada amaliy muloqot: "Jayhun" mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 22-26-iyun)
янв.21
🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-19-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish oʻtkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar F.Axmedov, J.Abdixayomova tuman hokimi maslahatchisi X.Akmalovlar tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺O‘rganishdan asosiy maqsad hududda joylashtirilgan tashqi reklama vositalari, e’lonlar, peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tahlil qilish, reklama sohasida mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

🔺O‘rganish yakunlari bo‘yicha “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishini yanada kuchaytirish, hududning estetik qiyofasini yaxshilash hamda reklama bozorida sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar belgilab olindi.

🔺O‘rganish natijasida reklama sohasida qonunchilik talablariga rioya etish holati tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlarini davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3