👥 Tadbirda 150 dan ortiq tinglovchilar hamda professor-o‘qituvchilar qatnashib, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’limda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Uchrashuv davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, ota-ona va pedagog hamkorligini mustahkamlash hamda bolalarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
⚖️ Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash bugungi ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.