Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla chegaralari masalasi deputatlar e’tiborida: Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Termizda “Yashil jamoat parki” loyihasi muhokama markazida
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Farhod” mahallasidagi zamonaviy uy-joylar: qurilish sifati va muddati nazoratda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o'n beshinchi yalpi majlisi yakunlandi
янв.21
Оliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 18-22-may)
янв.21
“Jayhun” mahallasida hudud obodonchiligi va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi
янв.21
Kengash kotibiyati faoliyati nazoratda
Mahalla chegaralari masalasi deputatlar e’tiborida: Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Qabulda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash deputati O.Sharofutdinova hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi

📌 Qabul davomida fuqarolar tomonidan mahalla chegaralarini qayta ko‘rib chiqish va aniqlashtirish yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Bu masala aholi uchun kundalik hayotda, ayniqsa, manzillarni belgilash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda muhim ahamiyatga ega.

💬 Uchrashuv savol-javoblarga boy va qizg‘in munozara ruhida o‘tdi. Fuqarolar o‘z taklif va e’tirozlarini bildirishdi, deputatlar va mutaxassislar esa har bir holat bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirib o‘tdilar.

✔️ Masalaning murakkabligini inobatga olgan holda, yig‘ilish yakunida mahalla chegaralari bilan bog‘liq ushbu murojaatni bevosita joyiga chiqqan holda, mutaxassislar ishtirokida o‘rganishga kelishib olindi.

🫥Maqsadimiz — har bir masalaga adolatli yondashish va aholi uchun qulaylik yaratish

Slide 1 of 1