“Tinchlik” mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov hamda o‘ziga biriktirilgan deputat A.Ergashev hududidagi “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib aholi muammolarini joyida o‘rgandi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholiga qulaylik yaratish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mahalladagi obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov