“Shodlik” mahallasida Kengash qarori ijrosi o'rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda 13-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat N.Alimov tuman uy-joy va qurilish majmuasi mas’ul xodimi bilan hamkorlikda “Shodlik” mahallasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlashdagi vazifalarni belgilash haqidagi qarorining tumandagi ijrosi o‘rganildi.
Jarayonda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#N_Alimov #_K_Muhammadiyev