Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Alpomish” mahallasida obodonchilik ishlari nazoratda
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida amaliy natijalar o‘rganildi
янв.21
Ish samaradorligi va xavfsizlik: “Temiryo‘lchi” mahallasida xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Termizda yangi “Yashil jamoat parki”: “Do‘stlik” mahallasidagi loyiha o‘rganildi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/9456)
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida nazorat: Mahalla raisi va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalla chegaralari masalasi deputatlar e’tiborida: Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Termizda “Yashil jamoat parki” loyihasi muhokama markazida
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan shahardagi 3-son va 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida muassasalarda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi, shuningdek deputat guruh xonalari, oshxona, yotoqxona va bolalar o‘yin maydonchalarining holatini ko‘zdan kechirdi. Xususan, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va qulay muhitda ta’lim olishi, dam olishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilindi.

Muassasalardagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mavjud jihozlarning texnik va estetik holati, bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Deputat tomonidan tarbiyalanuvchilarning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 9