Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining ish faoliyatini atroflicha tahlil qildilar.
💬 Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun maxsus ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi.
🔅Tahlil davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
▶️Mahalla boshqaruv tizimining bugungi holati va samaradorligi;
▶️Aholi muammolari bilan ishlashda "mahallabay" tizimining natijadorligi.
💬 Uchrashuv yakunida mahalla faollariga ish faoliyatini yanada jonlantirish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🫥 Maqsadimiz — har bir mahallada samarali boshqaruv va xalq bilan yaqin muloqotni ta’minlash!