Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla chegaralari masalasi deputatlar e’tiborida: Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Termizda “Yashil jamoat parki” loyihasi muhokama markazida
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Farhod” mahallasidagi zamonaviy uy-joylar: qurilish sifati va muddati nazoratda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o'n beshinchi yalpi majlisi yakunlandi
янв.21
Оliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 18-22-may)
янв.21
“Jayhun” mahallasida hudud obodonchiligi va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi
янв.21
Kengash kotibiyati faoliyati nazoratda
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva Sayapir mahallasidagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida maktabdagi 1–4-sinfda tahsil olayotgan 399 nafar o‘quvchi uchun keytering usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, qaror talablaridan kelib chiqib, taomnomaning sifati, mahsulotlarning vazni hamda mazasi tahlil qilindi.
Deputat tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari bilan ham tanishildi. Mazkur jarayonda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etgani qayd qilindi.
O‘rganish yakunida qarorning 6-bob 32 va 33-bandlarida belgilangan buyurtmachining huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgani aniqlandi.


 

Slide 1 of 1