Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish
янв.21
“Alpomish” mahallasida tadbirkorlik rivoji: Yangi loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Alpomish” mahallasida boshqaruv tizimi va xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“24 ta muhim yo‘nalish” amalda: "Majnuntol" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida deputatlar nazorati: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda!
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Y

Yigʻilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari va yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar. Yigʻilishni doimiy komissiya raisi Z.Domilayev olib bordi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika o‘lat profilaktika markazi Farg‘ona filiali shahar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil birinchi choragida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan ma’lumotlari eshitildi.

Ta’kidlanganidek, hisobot davrida hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida qator ishlar amalga oshirilgan.

Shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklar tarqalishining oldini olish va monitoring tadbirlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan sohaga oid mavjud muammolar, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Slide 1 of 8