Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish
янв.21
“Alpomish” mahallasida tadbirkorlik rivoji: Yangi loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Alpomish” mahallasida boshqaruv tizimi va xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“24 ta muhim yo‘nalish” amalda: "Majnuntol" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida deputatlar nazorati: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda!
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

 Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi 

Xalq vakilligi va mahalliy boshqaruv tizimining
samaradorligini oshirish maqsadida, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda deputat O. Artiqova Qadriyat
mahallasida faoliyat olib borayotgan yettlik
tizimi ishini o‘rganish maqsadida joyiga chiqishdi. 

Uchrashuv davomida mahalla faollarining hududda
ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi muammolarini aniqlash va ularni
bartaraf etish borasidagi ishlari atroflicha muhokama qilindi. Deputat tomonidan
olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, aholining ishonchini mustahkamlash
hamda davlat siyosatini joylarda izchil amalga oshirish masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek, mas’ullar tomonidan mahalla yettiligining
faoliyati yuzasidan taqdim etilgan axborotlar tinglanib, mavjud muammolar va
ularning yechimlari yuzasidan takliflar bildirildi. Bu kabi ochiq muloqotlar
joylarda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 1