Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahar Kengashida mahallalar faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinmoqda
янв.21
Termiz shahar Kengashida ayrim ko‘chalarga nom berish masalasi muhokama qilinmoqda
янв.21
Termiz shahar Kengashida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalasi muhokama qilinmoqda
янв.21
Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish
янв.21
“Alpomish” mahallasida tadbirkorlik rivoji: Yangi loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Alpomish” mahallasida boshqaruv tizimi va xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“24 ta muhim yo‘nalish” amalda: "Majnuntol" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida deputatlar nazorati: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda!
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
Chinozlik deputatlar tashabbusi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Farxod Ibragimov hamda Kommuna Shermatovalar tashabbusi bilan tumandagi “Yo‘ltushgan” MFY hududidagi qishloq vrachlik punktida malakali shifokorlar tomonidan aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borildi.

Tibbiy ko‘rik o‘tkazilish jarayonida 37 ta fuqaro ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan, 4 nafari bolalar shifokori ko‘rigidan o‘tkazildi hamda 2 nafar bolaga viloyat kasalxonasiga yo‘llanma berildi.

Jumladan, tibbiy ko‘rik davomida Kardiologiya bo‘limiga kelgan fuqaro 2023-yilda tug‘ilgan Murodullayev Usmonjon viloyat shifoxonasining Kardiologiya bo‘limiga yo‘llanma asosida jo‘natildi.

1987-yilda tug‘ilgan fuqaro Alimova Inoyat hamda 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro Xakimxo‘jayeva Diyoraga Chirchik shahar tug‘ruq shifoxonasiga yo‘llanmalar berildi.

1978-yilda tugilgan fuqaro Axmedov Umidga mutaxassis shifokorlar tomonidan yurak yetishmovchiligi hamda suyak yemirilishi tashxisi qo‘yilib, viloyat VTEKga jo‘natildi.

Shuningdek, ko‘rik jarayonida fuqarolarga yosh bolalar va surunkali kasalligi bor bemorlarni o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tib turishlari va o‘z salomatliklariga e’tiborli bo‘lishlari kerakligi tushuntirib o‘tildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Kommuna Shermatova

Slide 1 of 1