⏺Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A. Ashurov tashabbusi bilan hududda mavjud nosozliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimidagi muammolar nafaqat aholiga noqulaylik tug‘dirgan, balki hududning sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
👷Mas’ul tashkilotlar jalb etilib, muammo joyida bartaraf etildi. Natijada hududda tozalash ishlari olib borilib, kanalizatsiya tizimi tiklandi.
🤝Aholining murojaatlari doimiy e’tiborda – muammolarni aniqlash va tezkor hal etish ishlari davom etadi.