Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Murojaat va nazorat: Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
"O‘zbekiston" mahallasida I chorak sarhisobi: bandlik va tadbirkorlik e’tiborda
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Muammo nazoratga olindi: “Tinchlik” mahallasidagi chorraha yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Z. Arazova Hazorasp mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi bilan tanishdi.

24-yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida deputat Z. Arazova Xazarasp mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi bilan tanishdi. Ushbu jarayonda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi X.S. Jumanayazov hamda tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’ullari ham ishtirok etdi.

Viloyat va tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan olib borilayotgan ishlar natijasida mahalladagi ichki yo‘llarning shag‘allashtirilayotgani va beton-asfalt bilan qoplanayotgani quvonarli holat sifatida qayd etildi.

Shu bilan birga, chegara hududida joylashgan mahalladagi ichki yo‘llarning tungi yoritilishi talab darajasida emasligi achinarli holat ekani ta’kidlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilandi. 

Slide 1 of 2