💬Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
🔅Hokim yordamchisi tomonidan chorak davomida mahalladagi 6 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 10 nafar fuqaroga 10 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratilgan.
🔅Ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy reyestrda turgan 72 nafar muhtoj fuqaroga tegishli tartibda nafaqalar tayinlangan, shuningdek “Keys" (individual yondashuv) asosida uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 2 nafar bola maktabga, 4 nafar bola esa inkluziv bog‘chalarga yo‘naltirilgan.
🫥Deputat mahalla faollarining ishini ijobiy baholab, aholi muammolari bilan ishlashda manzillilikni saqlab qolish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.