Bugun Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Taxiatosh tumani hokimi Sdikov Islambek Muratbaevich “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashib, sayyor qabul o‘tkazdi.
🤝 Qabul davomida fuqarolarning:
▪️ Murojaatlari
▪️ Fikr va takliflari
▪️ Hududga oid dolzarb masalalari
bevosita tinglandi.
💬 Asosan quyidagi masalalar ko‘tarildi:
▪️ Ichki yo‘llarni ta’mirlash
▪️ Elektr tarmoqlarini yangilash
▪️ Mahalla infratuzilmasini yaxshilash
▪️ Ijtimoiy masalalar
📌 Qabul yakunida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
⚡️ Eng muhimi — murojaatlar shunchaki tinglanmayapti, ular bo‘yicha aniq choralar belgilanmoqda.
✅ Bu esa odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lmoqda.