⏺O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun muhim bo‘lgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
💬 Tashrif davomida quyidagi mas’ullar faoliyati bilan yaqindan tanishildi va ularning bugungi kundagi ishlari tahlil qilindi:
✔️ Mahalla raisi: Hududdagi umumiy vaziyat, aholi bilan ishlash va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi o‘rni.
✔️ Hokim yordamchisi: Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi.
✔️ Profilaktika inspektori: Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi osoyishtaligini saqlash borasidagi chora-tadbirlar.
🫥O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Mahallada ishlarni yanada jonlantirish, Prezident farmoni va Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
💬"Mahallalarda tizimli ishlash, har bir fuqaroning muammosiga yechim topish va Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalarni amalda bajarish bizning asosiy burchimizdir," — ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.